Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Farg‘ona viloyatida o‘tkazildi
Xabaringiz bor, joriy yilda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning aholini huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasiga start berilgan edi.

2022 yilning 29 iyul kuni “Ombudsman maktabi” loyihasining navbatdagi tadbiri Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar Band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazida o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv mamlakatimizda ijtimoiy sohada olib borilayotgan tub islohotlar, xususan aholi bandligini taʼminlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida fuqarolarning xabardorligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

"Ombudsman maktabi" tadbiriga Farg‘ona shahrida yashovchi “O‘rmonchilar”, “Gulzor” “Shodiyona” va boshqa MFY faollari va yoshlari jalb etildi.

Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan ushbu tadbir bandlik va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilayotgan sharoitlar masalalariga bag‘ishlandi.

Unda Yoshlar agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.G‘aniyev, viloyat bandlik Bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b. S.Davlatov, bo‘lim boshlig‘i M.Mo‘sajonovlar ushbu sohalardagi islohotlar va aholiga yaratilgan qulayliklar hamda imtiyozlar haqida maʼlumot berishdi.

Shuningdek Qo‘qon shahar nogironlar jamiyati raisi F.Tilavoldiyev o‘zining maʼruzasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar bilan birgalikda yuzaga kelayotgan muammolarga xam to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan, Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov fuqarolarga murojaatlar bilan ishlash, fuqarolarni, ayniqsa nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlarini himoya qilish borasida olib borilgan ishlar, harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirayotgan monitoring tashriflari haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, Ombudsman mintaqaviy vakiliga murojaat qilish usullariga ham to‘xtaldi.

O‘zaro savol javob va erkin muloqot ruhida o‘tgan tadbirda navbatdagi Ombudsman maktablarida ko‘tarilishi zarur bo‘lgan sohalar bo‘yicha ham takliflar olindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati