Mazkur Assotsiatsiya Markaziy Osiyo davlatlarida fuqarolarning huquqiy savodxonligi va jurnalistlarning kasbiy savodxonligini oshirish, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli tadbirlar orqali demokratiya va inson huquqlarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuvda Inson huquqlari bo‘yicha vakil ham Ombudsman institutining faoliyat yo‘nalishlari haqida to‘xtalar ekan, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan muntazam hamkorlikda ishlashini qayd etdi. Xususan, Ombudsman huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya aʼzolari tarkibida qator NNTlar rahbarlari kiritilgani taʼkidlandi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati