Uchrashuvda mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoniga yangi mexanizmlarning tatbiq etilishi, qiynoqlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, so‘z erkinligini mustahkamlash, bola huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z bordi.
Shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari ham Ombudsmanga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili hamda harakatlanish erkinligi cheklangan muassasalaridagi o‘rganish tadbirlarining tartibi haqida maʼlumot berdi.
O‘zaro muloqot chog‘ida inson huquqlarini taʼminlash, murojaatlarni ko‘rib chiqishda Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi muhim ekanligi qayd etildi va hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati