Aniqlanishicha, fuqarodan 2018 yili saraton kasalligi aniqlangan. Uning yozishicha, kasallik xarajatlarining ko‘pligi sababli, oilasi mahalladagi “Temir daftar” ga kiritilgan.
Murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilinganida fuqaro D.D.ning kasalligi bo‘yicha poliklinikada hisobda turganligi va yashash joyidagi Tibbiy maslahat komissiyasi tibbiy hujjatlarini nogironlikni belgilash masalasida Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga taqdim etilmaganligi maʼlum bo‘ldi.
Murojaat nazoratga olinishi natijasida fuqaro D.D. tegishli mutaxassislar ishtirokida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va unga umumiy kasallik sababi bilan bir yil muddatga nogironlikni ikkinchi guruhi belgilandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati