Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
2021 yilning 14 dekabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Turkiya davlati Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha  milliy markazlar vakillarining videokonferensaloqa shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari o‘rtasidagi inson huquqlarini taʼminlash borasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalasi muhokama qilindi.

Bugungi kunda turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi har tomonlama aloqalar 2009 yil 3 oktyabrda tashkil etilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi nufuzli xalqaro tuzilmasi orqali yana-da mustahkamlanmoqda. Xususan, qardosh mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiyot, transport, energetika, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarni yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Uchrashuvda ishtirok etgan O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston davlatlari Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari mazkur jarayonda inson huquqlarini taʼminlash borasidagi Ombudsmanlar hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, qardosh xalqlar manfaatlariga xizmat qiladi.

Muloqotlar davomida Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlarining fuqarolar murojaatlarni ko‘rib chiqish, o‘zaro tajriba almashish, malaka oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirishda platforma yaratish va uning Nizomini ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashildi.  

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati