Muloqotda 2019 yilda tashkil etilgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari hamda penitensiar muassasalardagi inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha shart-sharoitlarning xalqaro standartlarga moslashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, Ombudsmanning 2021 yil 10 oyi davomidagi faoliyati haqida so‘z bordi.
Uchrashuv chog‘ida keyingi besh yilda inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar eʼtirof etildi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalar muhokama qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati