1968-1970 yillarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani N.Boymurodov jamoa xo‘jaligida ishchi, 1970-1975 yillarda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. 1994 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini sirtdan tamomlagan.
1975-1982 yillarda Jarqo‘rg‘on tumanidagi 26 trestda muhandis, laboratoriya boshlig‘i, 1982-1984 yillarda harbiy xizmatda, 1984-1987 yillarda Jarqo‘rg‘on tuman partiya qo‘mitasida instruktor, 1987-1989 yillarda Toshkent Oliy partiya maktabi tinglovchisi, 1989-1991 yillarda Surxondaryo viloyat partiya qo‘mitasida instruktor, mudir o‘rinbosari, 1991-1995 yillarda "Surxonirqurilish” trestida bosh muhandis, boshqarma boshlig‘i, 1995-1997 yillarda Toshkent shahridagi “Suvmash” zavodining Termiz filialida direktor, 1997-2004 yillarda Surxondaryo viloyati nasos stansiyalari energetika va aloqa boshqarmasi boshlig‘i, 2004-2005 yillarda Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi boshlig‘i, 2005-2013 yillarda Amu-zang irrigatsiya tizimida muhandis, 2013-2017 yillarda Surxondaryo viloyati Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi direktori, 2017-2017 yillar Surxondaryo viloyati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Kengash raisining birinchi o‘rinbosari, 2018 yildan 2022 yilgacha Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali dotsenti, bir vaqtning o‘zida jamoatchilik asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson xuquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyati mintaqaviy vakili (jamoatchilik asosida).
2022 yil 24 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyati mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda.
- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;
- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;
- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;
- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;
- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish
R.Kamalov 1974 yil Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi tarix o‘qituvchisi, yurisprudensiya. «3-darajali yurist» maxsus unvon – martaba darajasiga ega.
2015–2017 yillarda Toshkent viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasida yuridik maslahatchi, 2017–2018 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida yuridik byuro bosh yuriskonsulti, 2018–2019 yillarda Oqqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘i, 2019–2022 yillarda Oqqo‘rg‘on tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2022 yil 15 fevraldan Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda.