Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Yopiq muassasalarga monitoring o‘tkazish bo‘yicha xalqaro amaliyot o‘rganildi
09 Sen
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova xizmat tashrifi bilan Polshaning Varshava shahrida bo‘lib turibdi. U YEXHT mintaqasi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida ishtirok etgan edi. Ombudsman ushbu tadbirlar  doirasida  7-9 sentyabr kunlari tashkil etilgan inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmlar guruhlari va fuqarolik jamiyati vakillari uchun tashkil etilgan mintaqaviy treningda ham ishtirok etdi.
Ombudsman Polshadagi hamyurtlarimiz fikrlarini  o‘rgandi
08 Sen
Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonning xorijiy davlatlaridagi elchixonalari va konsullik muassasalarida o‘zga yurtda musofirchilikda yashayotgan hamyurtlarimiz uchun bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
Qoraqalpog‘istondagi holatlar yuzasidan komissiya aʼzolari fuqarolar murojaatlarini muntazam qabul qilishmoqda
07 Sen
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari tomonidan Komissiyaning ishchi Shtabida fuqarolar qabuli muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Olingan har bir murojaat Komissiya tomonidan nazoratga olinib, tegishli choralar belgilanmoqda.
YeXHT mintaqasi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari o‘tkazildi
06 Sen
2022 yilning 5-6 sentyabr kuni Polshaning Varshava shahrida YEXHT mintaqasi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari o‘tkazildi.
Komissiya aʼzolarining Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashuvida nimalar ochiqlandi?
06 Sen
Mustaqil Komissiya aʼzolari Xorazm viloyatining Urganch shahridagi 11-son Tergov hibsxonasiga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish hamda advokatlar va yaqin qarindoshlari bilan qisqa muddatli uchrashuv xonalardagi sharoitlar o‘rganishdi.
Ombudsman xodimlarining ish samaradorligi o‘rganildi
01 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) institutida ish faoliyatida samaradorlikni oshirish, xodimlar orasida o‘zaro raqobat muhitini shakllantirish, yaxshi natija ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida ularning ish ko‘rsatkichlari muntazam o‘rganib boriladi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabuliga Qoraqalpog‘istondan yetib keldi
31 Avg
Xabaringiz bor, hozirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiyaga rahbarlik qilmoqda. Komissiya o‘rganishlari avj pallasida bo‘lishiga qaramay, Ombudsman 2022 yilning 30 avgust kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan fuqarolar qabuliga Qoraqalpog‘istondan yetib keldi.
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan 10 nafar shaxsning qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirildi
31 Avg
30 avgust kuni Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiya aʼzolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan 24 nafar gumonlanuvchining jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarilgani haqida xabar bergan edik.
24 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi
30 Avg
Bosh prokuratura tomonidan Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiya aʼzolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra,24 nafar gumonlanuvchini jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi. Ularga nisbatan belgilangan  qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida jamoatchilik nazorati va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirildi.