2022 yilning 9 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djo‘rayev tomonidan Zarafshon shahridagi 12-sonli jazoni ijro etish koloniyasi, 36-sonli Manzil-koloniya va IIB huzuridagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashriflari amalga oshirildi. Unda IIV huzuridagi JIED 5-Mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish guruhi rahbari podpolkovnik A.Achilov ham ishtirok etdi.