Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman vakillari va jurnalistlar Zangiotadagi 1-tergov hibsxonasini tekshirish uchun bordi
24 Fev
19 fevral kuni Ombudsman boshchiligidagi ekspertlar guruhi va jurnalistlar ishtirokida Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 1-tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
OMBUDSMANNING MINTAQAVIY VAKILLARI
24 Fev
“Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunining 208-moddasiga ko‘ra, Vakil Komissiya aʼzolari orasidan o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilini (bundan buyon matnda Vakilning mintaqaviy vakili deb yuritiladi) tayinlaydi.
Ombudsman BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari bilan uchrashdi
23 Fev
Joriy yilning 23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova hamda Ombudsman huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya aʼzolari bilan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari R.Komenda bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dunyo miqqiyosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan COVID-19ning Bola huquqlarini taʼminlashga taʼsirini baholash loyihasida O‘zbekiston ham ishtirok etadi.
19 Fev
Joriy yilning 18 fevral kuni Yevropa bolalar ombudsmanlari tarmog‘i (ENOC) hamda YUNISEF tashabbusi bilan “Pandemiyaga qarshi kurashishda davlatlarning bolalarni himoya qilish bo‘yicha harakatlarini baholashni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida onlayn xalqaro uchrashuv o‘tkazildi.
Deputatlar Ombudsmanning 2020 yildagi faoliyatini qanday baholadi?
15 Fev
2021 yil 15 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2020 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitdilar.
Ombudsman, jamoatchilik va OАV vakillari bilan birgalikda qiynoqlarni oldini olish boʼyicha jazoni ijro etish muassasalariga monitoring tashriflariga start berildi
08 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) huzuridagi Milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat olib boruvchi qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʼllashning oldini olish boʼyicha jamoatchilik vakillaridan iborat boʼlgan Ekspert guruhi tomonidan 2019 yildan buyon monitoringlar oʼtkazib kelinmoqda. Bu orqali esa jazoni ijro etish muassasalari, tergov xibsxonalari va boshqa yopiq muassasalarda inson huquqlarining taʼminlanishi boʼyicha Parlament va jamoatchilik nazorati oʼrnatilishiga erishilmoqda. 
Аliya YUNUSOVА Oliy Majlisning Inson huquqlari  bo`yicha vakil (Ombudsman) o`rinbosari,  Bola huquqlari bo`yicha Vakil
19 Yan
Ta`lim, sog`liqni saqlash, ijtimoiy muassasalarida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`rganish natijalari
Ombudsman: Sobiq IIV xodimasi 8 yildan so`ng lavozimiga tiklandi
11 Yan
Xurshida Djalilova 2020 yilning avgust oyida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha Vakili (ombudsman)ga murojaat qilib, nohaq ishdan bo`shatilganini bildirgan edi.