Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Mahkumning qiynoqqa solinganligi haqidagi murojaati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
03 Avg
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq joriy yilning 3avgust kuni Toshkent viloyatidagi 44-sonlimanzil-koloniyasida Ombudsman Kotibiyatining Qiynoqqa solish holatlarining oldini olish sektorixodimlari tomonidanmonitoring tashrifi o‘tkazildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmanning) 2021 yilning birinchi yarim yillikdagi faoliyati  yuzasidan brifing tashkil etildi
02 Avg
2021 yilning birinchi yarim yilligida Vakil nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 9 632 ta murojaat qabul qilindi 2020 yilning huddi shu davrida bu ko‘rsatgich 6 484 tani tashkil etgan. Shundan, shaxsiy qabulda 723 ta, sayyor qabullarda 83 ta, pochta va telegraf aloqasi orqali 3 812 ta, “Ishonch telefoni” orqali 1 580 ta, Ombudsmanning jazoni ijro etish muassasalarida o‘rnatigan murojaatlar qutilari orqali 303 ta, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali 1 582 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning qolgan qismi takroriy murojaatlarga to‘g‘ri keladi.
Mehnat huquqlarining taʼminlanishi Ombudsman eʼtiboridagi masala
02 Avg
 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanining Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida ishlab kelayotgan va 2018 yilda bola parvarishi taʼtiliga chiqqan xamshira S.K.ning o‘z lavozimiga tiklanishi yuzasidan murojaati kelib tushdi.
Ombudsman vakili “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
30 Iyu
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan bu yilgi Murojaatnomasida jamiyatimizda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishiga alohida eʼtibor qaratib, yurtimizda 30 iyulni “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilashni hamda “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonini taʼsis etish taklifini bildirgan edi.
Ombudsman “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatilishiga erishdi
30 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani, Bog‘aro mahallasida yashovchi fuqarodan yashash sharoiti og‘irligi sabab farzandlarini “Yoshlar daftari”ga kiritish hamda qizi va nabiralarining boquvchisi bo‘lmagani sababli uy-joyini taʼmirlashda yordam so‘ragan.
Feruza Eshmatova: Ombudsman xodimlarining sudda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini so‘rab yozgan murojaatlari soni oshib bormoqda
29 Iyu
Joriy yil 29 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2021 yilning birinchi yarim yillikdagi murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyati ko‘rib chiqildi.
Davlat va jamiyat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik
28 Iyu
Vijdon erkinligi – insoniyatning maʼnaviy yuksalishida muhim o‘rin  tutgan omillardan sanaladi.  Aynan u umumbashariy qadriyatlar, insonning asosiy huquq va erkinliklarining ajralmas qismidir.  Zero, inson so‘zdagina emas, amalda oliy qadriyat bo‘lgan, uning huquq va erkinlari esa davlat faoliyatining mazmuni va asosiy vazifasi hisoblangan joydagina maʼnaviy va moddiy farovonlik, tinchlik va totuvlik hukm suradi.  Shu jihatdan yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun aynan jamiyatimiz ravnaqiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Komissiya yig‘ilishida Ombudsmanning 2021 yil 1-yarim yillikdagi faoliyati tahlil qilindi
27 Iyu
Joriy yilning 27 iyul kuni Ombudsmanning 2021 yildagi asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi buyicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uch oy davomida oylik maoshlarini ololmagan ishchilar masalasi hal etildi
23 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Buxoro viloyati, Peshku tumanidagi “Neftgazqurilishtaʼmir” AJ ishchi-xodimlari tomonidan oylik maoshlarini berilmayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi.