O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Ombudsman manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilg‘or xalqaro tajribani o‘rgangan holda yangi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqdi.
Amaldagi Qonun 1997 yilda qabul qilinib, bugungi kunga qadar unga to‘rt marotaba o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Qonun 22 ta modda va
10 ta prim moddadan iborat bo‘lib, undagi eskirgan normalarni hozirgi davr talablaridan kelib chiqib yangi normalar bilan to‘ldirish hamda o‘zgartishlar kiritish, xususan Farmon bilan Ombudsman institutiga berilayotgan qo‘shimcha vakolat va vazifalarni hisobga olgan holda qo‘shimcha moddalar bilan to‘ldirish nazarda tutilmoqda.