Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bolalar tilanchiligini jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali bartaraf etish mumkin – Bolalar Ombudsmani
19 Sen
2022 yilning 16 sentyabr kuni jurnalist Ilyos Safarov o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Chilonzor va Shayxontohur tumanlari kesishmasi, Baynalminal ko‘chasi chorrahasida taxminan 3-4 nafar voyaga yetmaganlar yo‘lning qatnov qismida “tilanchi”lik bilan shug‘ullanayotganligi yuzasidan video xabar eʼlon qildi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil bog‘chada zaharlangan 41 nafar bola holatini joyiga chiqib o‘rgandi
19 Sen
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotida 41 nafar bolalar zaharlanganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ombudsman xodimlari Jorj Vashington nomidagi universiteti professorlari bilan uchrashishdi
16 Sen
Joriy yilning 15 sentyabr kuni Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha Vakil (Ombudsman) Kotibiyati bo‘lim boshliqlari va Jorj Vashington nomidagi universiteti professorlari Shon Raymond Roberts va Malkolm Rassel-Eynxornlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ombudsman taqdimnomasiga asosan g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan xodim o‘z lavozimiga tiklandi
16 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi fuqaro S.R. mehnat huquqlarining buzilgani bo‘yicha murojaat qildi.
Gender tengligini taʼminlash inson huquqlarining asosini tashkil etadi – Ombudsman
15 Sen
2022 yilning 15 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va uning huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonda gender tengligini taʼminlashning dolzarb masalalari: joriy holat, vazifalar va istiqbol” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiyada ishtirok etdi.
Tergov jarayonlarida qiynoq qo‘llanilgani bo‘yicha eʼlon qilingan xabar Ombudsman nazoratiga olindi
15 Sen
2022 yilining 15 sentyabr kuni Vodiy24.uz telegram kanalida “Andijonda hali ham eski tuzum saqlanib qolganmi?” nomli videoxabar eʼlon qilindi. Unda ayni kunlarda andijonlik 5 nafar yigit ishi apellyatsiya sudida ko‘rilayotgani, sud jarayonida ayblanuvchilarning hech biri aybiga iqror emasligi, ruhiy va jismoniy bosim asosida tergov qilingani aytilmoqda.
Komissiya o‘rganishlari negizi fuqarolar murojaatlariga asoslanadi
15 Sen
2022 yilning 14 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan Komissiya aʼzolari 20 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlarini qabul qilishdi.
Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili boshchiligida mahkumlarning sog‘lig‘i o‘rganilmoqda - 3 nafar mahkumning ko‘rish qobiliyati tiklandi
14 Sen
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlising Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan joriy yilning 1-5 avgust kunlari 5,11-son JIEKda saqlanayotgan mahkumlar tasdiqlangan qo‘shma rejaga asosan hududiy tibbiy muassasa shifokor mutaxassislari jalb etilib, to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan edi.
13 sentyabr kuni Komissiya aʼzolari tomonidan 60 nafardan ortiq fuqarolar qabul qilindi
14 Sen
Avval xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘istondagi holatlarni o‘rganayotgan Komissiya aʼzolari 2022 yilning 13 sentyabridan yana Qoraqalpog‘istonda ish boshlashdi.