Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakiliga mehnat huquqlari buzilgan fuqarolar murojaat qilishdi
10 Mar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Qarshi shahrida yashovchi fuqaro N.Sh. murojaat qilib, Qarshi shahar “Suvtaʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatning ishchisi bo‘lganligini va  asossiz ishdan bo‘shatilganligini qayd etdi.
Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tayinlandi
09 Mar
Xuseynova Abira Amanovna – Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasida Ombudsman hisoboti eshitildi
09 Mar
2022 yil 9 mart kuni Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, ekspertlar, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili tayinlandi
09 Mar
Jo‘rayev O‘tkir Kamilovich – Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Jizzax viloyati mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.
Bayram munosabati bilan bir guruh mahkuma ayollar rag‘batlantirildi
08 Mar
Joriy yilning 3 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Xusanov Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanidagi 37-sonli jazoni ijro etish manzil-koloniyasida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan mahkumlarning sharoitlari bilan tanishdi.
Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan monitoring tashriflari amalga oshirildi
07 Mar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5163-son qarorida Ombudsman hamda uning huzurida tuzilgan qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari tomonidan har chorakda muntazam ravishda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini amalga oshirish belgilangan.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Ombudsmanlarining o‘zaro hamkorligi mustahkamlanmoqda
05 Mar
2022 yilning 4 mart kuni «BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi» mavzusida xalqaro anjumani doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova hamda Bolalar Ombudsmani Aliya Yunusova Qirg‘iziston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari Albert Kolopov bilan uchrashishdi.
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili tayinlandi
04 Mar
Alimov Shuhrat Ashrabovich – Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyati mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.
Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili 11-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi
04 Mar
Joriy yilning 25 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Olloyorov viloyatning Urganch shahridagi 11-sonli Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish hamda ushbu hibsxonada saqlanayotgan shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish maqsadida hibsxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi.