Maʼlumotlarga ko‘ra, 2022 yil davomida respublikada jami 9 902 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan bo‘lib, ularda 2 356 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 9 606 nafari jarohatlangan.
2023 yil 17 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov Sirdaryo viloyati asab va Ruhiy kasalliklari shifoxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Joriy yilning 3 mart kuni Toshkent shahrida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining xalqaro maslahatchisi Shaxrbanu Tadjbaxshning mamlakatimizga qilgan tashrifi doirasida “Mojaroli hududlardan qaytgan fuqarolarning repatriatsiyasi, reabilitatsiyasi va reintegratsiyasini baholashda inson huquqlariga asoslangan yondashuv: O‘zbekiston tajribasidan foydalanish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Joriy yilning 1-3 mart kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi bilan hamkorlikda harakatlanish erkinligi cheklangan muassasalarga o‘tkaziladigan monitoringlarda zo‘ravonlik holatlari va ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
2023 yilning 1 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining xalqaro maslahatchisi Shaxrbanu Tadjbaxsh bilan uchrashdi.
Joriy yilning 27 fevral kuni “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qayta ijtimoiylashtirishda davlat idoralari va fuqarolik jamiyatlari institutlari hamkorligi” loyihasi doirasida Respublikamizning turli hududlaridagi fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, 20-25 fevral kunlari o‘tkazilgan “Inson huquqlari” haftaligi doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tashabbusi bilan joylarda 20 ga yaqin yoshlar bilan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi.
“Inson huquqlari” haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan turkum tadbirlar 2023 yilning 24 fevral kuni Buxoro, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida tashkil etildi.