Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiyda Konimex tumanidagi 5 ta mahallalar faollari uchun “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi
01 Noy
“Ombudsman maktabi” loyihasining navbatdagi tadbiri Navoiy viloyati,  Konimex tumani, Musiqa maktabida  o‘tkazildi.
QALAMPIR.UZning
31 Okt
2022 yilning 30 oktyabr kuni QALAMPIR.UZ sayti tomonidan "Ichkaridagi ishlar yohud Oyatullo Maxsumov rostdan o‘z joniga qasd qilganmi?" nomli maxsus film eʼlon qilindi. Unda shu yilning 9 oktyabr kuni Navoiy viloyatidagi 4-son jazoni ijro etish koloniyasida muqaddam to‘rt marotaba sudlangan mahkumning o‘z joniga qasd qilgani holati bo‘yicha uning yaqin qarindoshlari fikrlari olingan. Ushbu holatda marhumning yaqinlari uning qiynoqqa solinganini aytishgan. Hozirda Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda va qonuniy qaror qabul qilinadi.
“Ombudsman maktabi” G‘uzor tumanida
28 Okt
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan joriy yilning 26 oktyabr kuni G‘uzor tumanida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida “Fuqarolar bilan muloqot Inson huquqlari taʼminlanishining bosh omilidir” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Ombudsman vakili Yevropa Kengashi konvensiyalari bo‘yicha seminarda ishtirok etdi 
28 Okt
2022 yil 26-28 oktyabr kunlari Fransiyaning Strasburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari vakillari uchun Yevropa Kengashi konvensiyalari bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Ombudsmanning Buxorodagi mintaqaviy vakiliga mahkumlar nima masalada murojaat qilishgan edi?
28 Okt
Maʼlumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) xududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga muntazam ravishda monitoring tashriflari amalga oshirilib, u yerda saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar muntazam ravishda o‘rganib kelinadi. Tashriflar doirasida mahkumlar bilan jamoaviy va yakka tartibdagi suhbatlar ham o‘tkazilib, ularning murojaatlari qabul qilinadi.
Navoiyda Konimex tumanidagi 5 ta mahallalar faollari uchun “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi
27 Okt
“Ombudsman maktabi” loyihasining navbatdagi tadbiri Navoiy viloyati,  Konimex tumani, Musiqa maktabida  o‘tkazildi.
Qirg‘iziston Respublikasi Ombudsmani institutining 20 yilligi nishonlandi
27 Okt
2022 yilning 26-27 oktyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Qirg‘iz Respublikasi Akiykatchisi (Ombudsman) institutining 20 yilligi munosabati bilan Bishkek shahrida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.
“Ichki ishlar xodimlari kaltaklaganmi yoki “mototsikldan yiqilgan”mi” nomli xabarga Ombudsman rasmiy munosabat bildirdi
26 Okt
Joriy yilning 23 oktyabr kuni O‘zbekiston Inson huquqlari «Huquqiy tayanch» jamoat birlashmasi Matbuot guruhining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida “Ichki ishlar xodimlari kaltaklaganmi yoki “mototsikldan yiqilgan”mi” sarlavhali xabar keng tarqaldi. Unda mahbus A.E.ga nisbatan ichki ishlar xodimlari tomonidan qiynoqlar qo‘llanilgani oqibatida gumonlanuvchining uchta qovurg‘asi singani va tana qismida jarohat izlari mavjudligi aytilgan.
Mahkumlar ozodlikka chiqqandan so‘ng, ularni jamiyatga moslashtirish uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
25 Okt
2022 yilning 25 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyati mintaqaviy vakili tashabbusi bilan 10-son tergov hibsxonasida xo‘jalik ishlariga jalb qilingan mahkumlarni jazo muddatini o‘tab, ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish borasida davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar haqidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.