Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Samarqanddagi tergov hibsxonasida mahkum va mahbuslar murojaatlari asosida tibbiy ko‘rik tashkil etildi
13 Apr
2023 yilning 11 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Husanov tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan 7-sonli tergov hibsxonasiga navbatdagi monitoring tashrifini amalga oshirdi. Jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etgan ushbu monitoring doirasida mahkum va mahbuslar uchun tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.
Mahkumlar Ombudsmanga qanday masalalarda murojaat qilishmoqda?
13 Apr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan 2-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkuma G.P. davolanishida amaliy yordam berilishi bo‘yicha murojaat qildi. Mazkur murojaat nazoratga olinib, joyiga chiqib o‘rganish va tegishli choralar ko‘rish uchun Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Jenisbay Shlimbetovga yuborildi.
Bosimga uchragan o‘qituvchi murojaati ijobiy hal etildi
12 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili nomiga Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro O.Q.dan ish faoliyatida mehnat huquqlarining buzilayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Tumandagi maktablardan birida matematika fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritadigan murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, shu maktabning o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ish boshlaganidan buyon yig‘ishlarda uni obro‘sizlantirishgat harakat qilib kelgan va unga bosim o‘tkazish orqali dars soatlarini o‘z tanishlariga o‘tkazib bergan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni mustahkamlashda Ombudsman va fuqarolik jamiyati institutlarining roli
11 Apr
2023 yilning 11 aprel kuni Farg‘ona viloyatida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan AQSH Kongressi huzuridagi Xalqaro Respublika Instituti (IRI) bilan hamkorlikda “Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni mustahkamlashda Ombudsman va fuqarolik jamiyati institutlarining roli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida umumiy muloqot maydonini yaratishga qaratilgan tadbir tashkil etildi
10 Apr
Buxoroda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) AQSH Kongressi huzuridagi Xalqaro Respublika Instituti (IRI) bilan hamkorlikda “Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni mustahkamlashda Ombudsman va fuqarolik jamiyati institutlarining roli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Ombudsman faoliyati natijadorligi 2021 yilga nisbatan 2,5 barobarga oshgan
07 Apr
2023 yilning 7 aprel kuni Senat yalpi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman) 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi.
Qoraqalpog‘istondagi manzil-koloniyada saqlanayotgan mahkumlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
06 Apr
Joriy yilning 3 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 27-son Manzil-koloniyasida Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘likni saqlash vazirligi bilan birgalikda  mahkum va mahkumalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tibbiy ko‘rik jarayonlarini “Madad” NNT huquqiy maslahat byurosi Nukus bo‘limi vakillari va OAV ham kuzatib borishdi.
Ombudsmanga murojaat qilgan mahkum sud zalidan ozodlikka chiqarildi
05 Apr
Maʼlumki Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning hududlardagi mintaqaviy vakillari harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirib, mahkum va mahbuslar murojaatlarini ham o‘rganishadi.
Yana bir fuqaro ishga tiklandi va ish beruvchidan majburiy progul uchun ish haqi va maʼnaviy zarar undirilishi belgilandi – Ombudsman
05 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili Rustam Kamalovga boquvchisini yo‘qotgan va 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan ona ishga tiklash bo‘yicha murojaat qildi.