Uchrashuvda inson huquqlarini taʼminlash yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish, xodimlar malakasini oshirish borasidagi loyihalar hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
O‘z navbatida mehmon Tuyya Braks O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va Ombudsmanlar faoliyatini kuzatib borayotganini qayd etib, o‘zaro hamkorlikdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Maʼlumot uchun, shu yilning aprel oyida Ombudsman hamda Vakil Kotibiyati xodimlari Finlyandiyaning Tashqi ishlar vazirligi hamda Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir doirasida Finlyandiya Parlamenti, Adliya kansleri, Oliy maʼmuriy sudi va Bosh prokuraturasi faoliyati bilan yaqindan tanishishgan edi. Shuningdek, joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonda Ombudsman Kotibiyati xodimlari uchun Finlyandiyaning Adliya kansleri o‘rinbosari Mikko Pumalaynen ishtirokida seminar trening tashkil etilgan.
Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati