Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Unda parlament aʼzolari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Inson huquqlari Milliy markazi masʼul xodimlari, shuningdek Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.