Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman: Хodimlarga oylik maoshlari o‘z vaqtida berilishi shart
13 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Jizzax viloyatining Forish tumanida yashovchi fuqaro H.A. tomonidan ish haqi berilmayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushdi.
Inson huquqlarini taʼminlash borasidagi xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
10 Noy
Joriy yilning 10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza ESHMATOVA Yevropa va Markaziy Osiyoda Human Rights Watch bo‘limi direktori Xyu Uilyamson, Markaziy Osiyo bo‘yicha katta ilmiy xodim Mira  Ritman  xamda  Markaziy Osiyo bo‘yicha ilmiy yordamchi Nursultan Abdilovlarni qabul qildi.
Parlament komissiyasi tomonidan qanday masalalar ko‘rib chiqildi?
09 Noy
Joriy yilning 9 noyabr kuni Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Inson huquqlarini himoya qilish uzluksiz jarayon va u Taraqqiyot strategiyasining asosini tashkil etadi
09 Noy
Inson huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati... Bu jumlalar o‘tgan besh yil davomida amalga oshirilgan islohotlar silsilasida tez-tez tilga olinib, mamlakatimizda  inson huquqlarini taʼminlash va kafolatlash borasida muhim qadamlar qo‘yilishiga erishildi. Jumladan, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoniga yangi mexanizmlarning tatbiq etilishi orqali qonun ustuvorligini taʼminlash, adolatni qaror toptirish, aholini qiynab kelgan muammolarning hal etish, qiynoqlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, so‘z erkinligini mustahkamlash kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
PREZIDENT SAYLOVI MILLIY QONUNCHILIK VA UMUMEʼTIROF ETILGAN XALQARO MEZONLARGA TO‘LA MOS HOLDA O‘TDI
01 Noy
Mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi haqidagifikrlarning aksariyatida saylov ochiq-oshkora, o‘zaro raqobat sharoitida, milliy qonunchilik va xalqaro standartlar asosida o‘tgani eʼtirof etilmoqda.
Ombudsman qabulida qanday masalalar ko‘tarildi?
30 Okt
Joriy yilning 29 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
COVID-2019 pandemiyasi sharoitida Markaziy Osiyoda inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha mintaqaviy konferensiya o‘tkazildi
29 Okt
Joriy yilning 29 oktyabr kuni YEXHTning O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi loyihalar koordinatorlari tomonidan “COVID-2019 pandemiyasi sharoitida Markaziy Osiyoda inson huquqlari himoyasi” mavzusida mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansining VI-yig‘ilishida ishtirok etdi
28 Okt
Joriy yilning 28 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori, akademik, Akmal Saidov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovalar videokonferensaloqa shaklda o‘tkazilgan Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansining VI –yig‘ilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi. "Yevroosiyo mintaqasida yoshlar huquqlarini himoya qilishning dolzarb muammolari bo‘yicha xalqaro ilg‘or tajribalar almashinuvi" mavzusida bo‘lib o‘tgan muloqotlarda ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatariston Ombudsmani bilan uchrashdi
26 Okt
Joriy yilning 26 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova mamlakatimizga kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Tatariston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Saburskaya Sariya Xarisovna bilan uchrashdi.