Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
Bugun yaʼni 2023 yilning 27 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabulga 20 ga yaqin fuqarolar kelib, o‘z ariza va murojaatlarini qoldirishdi. Fuqarolar murojaatlarida sud hukmi va tergov jarayonlariga oid, ijtimoiy yordam olish, ishga joylashish, uy-joy va boshqa masalalar ko‘tarildi.

Ombudsman qabuliga kelgan har bir murojaatchi qabul qilindi. Ombudsman vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha murojaat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.  

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati