Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiy viloyatidagi Jazoni ijro etish koloniyalariga monitoring tashriflari amalga oshirildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djo‘rayev viloyatdagi 4,12-son jazoni ijro etish koloniyasi, 36-son Manzil koloniyasiga hamda 11-sonli JIEK tarkibidagi tergov hibsxona va turma uchastkasiga monitoring tashriflarini amalga oshirdi.

Amalga oshirilgan monitoring tashrifi davomida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarda yaratilgan shart-sharoitlar, turkum yotoq joylari, maishiy xonalar, oshxonalar, yuvinish xonalari, kutubxonalar, davolash-profilaktika yordam ko‘rsatish bo‘limlari, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, ishlab chiqarish hududlari o‘rganildi.

Monitoringda aniqlanishicha, mamlakatimiz bo‘ylab anomal issiq harorat qayd etilayotganligi sababli yashash sahn va ishlab chiqarish korxonasi hududida, mahkumlar uchun umumiy hojatxona, yuvinish joylari hamda kiyim almashtirish xonalari zaruriy jihozlar, jumladan ventilyator, konditsioner, bilan taʼminlangan. Shuningdek,  koloniyalar do‘konlarida ventilyatorlar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan hamda ularning oila aʼzolari tomonidan olib kelinadigan ventilyatorlarni muassasa hududiga mahkumlar uchun kirgizilishiga ruxsat etilgan.

Shu birga mahkumlarga doimiy isteʼmol qilishlari uchun qaynatilgan yantoq suvi, ichimlik suvi berilayotgani va yashash sahnlariga muzlatgichlar o‘rnatilganligi va mahkumlarga kunning eng issiq paytlari dam olish vaqti sifatida belgilangani maʼlum bo‘ldi.

Monitoring davomida muassasalarga o‘rnatilgan Ombudsman qutilari ko‘zdan kechirildi va murojaatlar qabul qilindi.

Yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning so‘roviga ko‘ra, ular bilan yakka tartibda uchrashuvlar o‘tkazildi va 19 nafar mahkumlarning murojaatlari nazoratga olindi.

Uchrashuvlarda saqlash shart-sharoitlari va qiynoqqa solish holatlari yuzasidan shikoyatlar kelib tushmadi. Shikoyatlarning aksariyat qismi, tayinlangan jazoni yengillashtirilishida, jazo muddatini o‘tashi davomida sodir qilgan intizom buzarligi uchun qo‘llanilgan intizomiy jazolarni muddatidan oldin olib tashlashda hamda oilaviy sharoitini inobatga olib, yashash hududiga yaqin joydagi koloniyalarga o‘tkazish masalasida bo‘ldi.

Mahkumlarni davolash uchun dori vositalari zaxirasi, ularni saqlash muddati va tartibi, muolajalarni qayd etish kitoblari, mavjud tibbiy asbob-uskunalar holati o‘rganildi.  

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati