Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman ko'magi bilan 53 nafar mahkumga insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanildi
08 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) “Ishonch telefoni”ga Toshkent viloyatidagi 43-sonli manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 28 va 50-sonli manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 25 hamda Samarqand viloyatidagi 38-sonli manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 8 nafar mahkumning murojaatlari kelib tushgan edi. Ushbu murojaatlarda, mahkumlar ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning belgilangan qismi o‘talgan bo‘lishiga qaramay, ularga nisbatan insonparvarlik dalolatnomasi qo‘llanilmayotgani bayon qilingan.
Ombudsman Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi komissiyasi raisi Fatma Aksal bilan uchrashdi
07 Fev
2022 yilning 7 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Imkoniyatlarda gender tenglik komissiyasi raisi Fatma Aksal boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanning Qoraqolpog‘istondagi mintaqaviy vakili tadbirkor murojaatini ham ijobiy hal etdi
06 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mintaqaviy vakili Zuxra Reymovaga “NUKUSMERBANQURILIS” MCHJ direktori tomonidan murojaat kelib tushdi. Unda yozilishicha, Nukus shahridagi 18-umumtaʼlim maktabi binosida kichik taʼmirlash ishlarini olib borish bo‘yicha “TURANIMARATQURILISMONTAJ” MCHJ o‘rtasida shartnoma tuzilgan.
Ombudsman aralashuvi bilan murojaatchiga nafaqa puli va kredit olish uchun sertifikat berildi
04 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsmanga) Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi B.Sh. murojaat qilib, ishga joylashish va nafaqa puli undirib berishni so‘rab murojaat qilgan edi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hujjatlarning joylardagi ijrosi o‘rganildi
03 Fev
Joriy yilning 3 fevral kuni Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan videoselektor majlisida ishtirok etdi. Videoselektorda D. Ermatov - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish shoʻbasi mudiri, A. Mutaliyev - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining bosh konsultanti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mudirlari hamda tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudirlari mutaxassislari ishtirok etishdi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning rasmiy munosabati
02 Fev
Xabaringiz bor, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida fuqaro Farida Rashidova tomonidan Navoiy shahrida joylashgan 32-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti sharoitlari xarob, isitish tizimi ishlamayotgan bo‘lsada, bolalarni tarbiyalash davom etayotganligi, ushbu muammolar yuzasidan masʼullarga murojaat qilishgan bo‘lsada, hech qanday amaliy harakat qilinmaganligi bo‘yicha xabar qoldirilgan edi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchi o‘z xabarida muammoni hal etishda yordam berilishini so‘rab murojaat qilgan edi.
Hujjatlarni soxtalashtirishni kasb qilgan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
01 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mintaqaviy vakili Zuxra Reymovaga “QANIYGELESTIRILGENQURILISMATERIALLARI” MCHJda o‘z mavqeini suiisteʼmol qilish holatlariga chek qo‘yilishida amaliy yordam berish bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi.
Ombudsmanning 2021 yilgi faoliyati tahlil qilinib, 2022 yilgi rejalar belgilab olindi
31 Yan
2022 yilning 31 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya aʼzolarining onlayn shakldagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘ldi.
Muhokamalar markazida Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha milliy va xalqaro tajriba
21 Yan
2022 yilning 21 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Parlament quyi palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.