Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Samarqanddagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan mahkumlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
19 May
2022 yilning 17 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi masʼul xodimlari bilan Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 38-sonli Manzil-koloniyada sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad - ushbu muassasada saqlanayotgan 413 nafar mahkumlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va koloniyadagi sharoitlarni o‘rganishdir.
Samarali parlament nazorati mexanizmlarini joriy etishning dolzarb masalalari: O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi
18 May
2022 yilning 17 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti va Konrad Adenauer nomidagi fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Xorazmdagi tergov hibsxonasida maxbuslarga isteʼmolga yaroqsiz suv berilganmi? Ombudsmanning mintaqaviy vakili vaziyatga oydinlik kiritdi
17 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanining) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorovga Urganch shahridagi 11-son tergov hibsxonasidagi mahbuslardan murojaat kelib tushgan edi. Murojaatda mahbuslarga berilayotgan ichimlik suvining isteʼmolga yaroqsizligi aytilgan.
Ombudsman Istanbulda hamyurtlarimiz murojaatlarini qabul qildi
16 May
2022 yil 14 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Turkiya Respublikasiga qilgan tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi. Qabulda  O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsuli hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi Tashqi migratsiya agentligining Istanbuldagi xodimi ishtirok etdi.
Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasi taʼsis etilganligi munosabati bilan matbuot anjumani o‘tkazildi
14 May
Joriy yilning 13 may kuni Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasini taʼsis etilganligi munosabati bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova ishtirok etdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) Bursa maʼmuriyati bilan uchrashdi
14 May
Turkiya Bosh Ombudsmani taklifiga binoan Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasini tuzish bo‘yicha taʼsis Kengashida ishtirok etish maqsadida Turkiya Respublikasining Bursa shahriga tashrif buyurgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va delegatsiya aʼzolari Bursa gubernatori Yakub Kanbolat, Osmangazi meri Mustafa Dyundar hamda Bursa meri Alinur Aktash o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasi tuzildi
13 May
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ochiq va pragmatik tashqi siyosati, uzoq va yaqin davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari tufayli keyingi yillarda O‘zbekistonning turkiy tilli davlatlar bilan mutlaqo yangi – sog‘lom siyosiy va iqtisodiy aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, yangi mexanizmlari joriy etilmoqda.
Hurmatli fuqarolar
12 May
Sizga shuni maʼlum qilamizki, hozirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning ishonch telefoni liniyadagi texnik nosozliklar tufayli vaqtincha ishlamayapti.