Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari taʼlim-tarbiya berish, korreksiyalash va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda jismoniy yoki psixik rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta taʼlim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida ko‘maklashish, shuningdek ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga taʼlim berishda yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi.