Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman va BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi
30 Sen
2026 yilning 30 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasining Mintaqaviy vakil o‘rinbosari Ennio Boati hamda Boshqarmaning Global operatsiyalar bo‘limi Inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi Joana Mikel Jelabert bilan uchrashdi.
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun loyihasi jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi
29 Sen
Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari hamda faol jamoatchilik vakillari ishtirokida ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Murojaatdan natijaga: Sirdaryoda bolaga bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishiga kelishildi
28 Sen
“Tenglik va hurmat” platformasi doirasida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Sirdaryo viloyati hududiy markazida o‘tkazilgan uchrashuvda ayollar farzandlarini shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishgan edi.
“Ombudsman maktabi”: fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar joylarda muhokama qilindi
25 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” platformasi doirasida hududlarda fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm va Andijon viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi
24 Sen
Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va aholiga huquqiy yordamni yaqinlashtirish maqsadida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm va Andijon viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi.
Konstitutsiyaviy sud majlisida ma’muriy ushlab turish muddatiga oid norma konstitutsiyaviyligi ko‘rib chiqildi
23 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat kiritilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 288-moddasi ikkinchi qismining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasi uchinchi qismiga muvofiqligini aniqlash so‘ralgan edi.
Murojaatdan natijaga: mehnat huquqlari tiklandi, bolaning ta’lim olish huquqi va aliment mablag‘lari undirilishi ta’minlandi
22 Sen
Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilib, qator masalalar bo‘yicha amaliy natijalarga erishildi.
“Tenglik va hurmat” platformasi: Qoraqalpog‘istonda zo‘ravonlik sodir etgan va sodir etishga moyil shaxslar bilan individual ish olib borildi
21 Sen
Nukus shahrida “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil 18 nafar shaxs ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalar o‘rganildi
18 Sen
2026 yilning 17–18 sentyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan qator muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.