Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida nimalar o‘zgardi?
22 Noy
Joriy yilning 17 noyabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djurayev tashabbusi bilan yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksining targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryodagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum va mahbuslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
22 Noy
2022 yilning 16 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov tashabbusi bilan Qarshi shahridagi 5-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum va mahbuslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ushbu tibbiy ko‘rik viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda 5-sonli tergov hibsxonasi bilan hamkorlikda  tashkil etildi. 
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi tadbirlar Xorazm viloyatining chekka hududida o‘tkazildi
22 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Joriy yildan buyon amalga oshirilayotgan “Ombudsman maktabi” loyihasi orqali ko‘plab yurtdoshlar aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash, fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan fuqarolar xabardorligi oshirilmoqda.
Markaziy Osiyodagi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar vakillari jamlangan mintaqaviy platformada qanday masalalar muhokama qilindi?
21 Noy
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari 2022 yilning 21 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida ish boshlagan Markaziy Osiyodagi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning mintaqaviy muloqotda ishtirok etmoqda.
Navoiy viloyatida narkologik bemorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Ombudsman mintaqaviy vakili qanday tavsiyalar berdi?
21 Noy
2022 yilning 18 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djurayev Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filialiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi nodavlat notijorat tashkilotlari assotsiatsiyasi Navoiy viloyati bo‘limi boshlig‘i K.Babakulova, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Navoiy shahar huquqiy maslahat byurosi rahbari I.Axatovlar ham ishtirok etishdi.
Kasaba uyushmalari Ombudsman bilan hamkorlikda ishlaydi
21 Noy
Xabaringiz bor, 2022 yilning 9 noyabr kuni Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Ombudsman o‘rganishlari davomida Muruvvat uyida yashovchi 31 nafar nogironligi bo‘lgan erkaklarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘qligi aniqlandi
21 Noy
Maʼlumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va uning viloyatlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalar bilan birga “Muruvvat” uylariga ham muntazam monitoring tashriflari amalga oshirilib kelinadi. Qayd etish lozimki, ushbu muassasalardan inson shaʼni va qadr-qimmati hamda huquqlarining kamsitilishiga sabab bo‘lmaydigan munosib sharoitlar yaratilishi lozim. Ombudsman vakillari o‘rganishlarda ayni jihatlarga alohida eʼtibor qaratishadi hamda ushbu muassasalarda saqlanayotgan shaxslar murojaatlarini qabul qilishadi.
Andijondagi 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
20 Noy
2022 yil 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Farg‘onada vafot etgan 15 yoshli bola o‘limida ayblanayotgan bolalar bilan uchrashdi
19 Noy
Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi Voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlangan 9-sinf o‘quvchisi A.R. vafot etgan edi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan marhumning 17 oktyabr kuni markazda vaqtincha saqlanayotgan 6 nafar bolalarga qo‘shilganidan so‘ng, ushbu bolalar yotoqxonasida xonadagi bolalar bilan o‘zaro gap talashib, janjal kelib chiqish oqibatida marhum A.R. do‘pposlanib unga og‘ir tan jarohati yetkazilgani aytilgan edi.