Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 35 yil!
18 Noy
Davlat bayrog‘imiz — milliy o‘zligimiz, davlat suverenitetimiz va xalqimizning ezgu orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir.
Oliy ta’limda inklyuziv muhit: monitoringda aniqlangan muammolar qo‘mitalar majlisida muhokama qilindi
18 Noy
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi hamda Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Moskvadagi Xalqaro ombudsmanlar forumida yoshlar va bolalarni raqamli muhitda himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi taqdim etildi
16 Noy
2026-yil 16-noyabr kuni Moskva shahrida Xalqaro ombudsmanlar forumi o‘z ishini boshladi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari ham ishtirok etmoqda.
Ombudsman va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan yangi platforma yo‘lga qo‘yilmoqda
13 Noy
Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon: Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
11 Noy
2026-yilning 11-noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Rashad Mamedov bilan uchrashdi.
Samarqandda
09 Noy
2026-yil 9-noyabr kuni Samarqand viloyatida “Tenglik va hurmat” loyihasi doirasida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Mamlakatimizning bir qator hududlarida “Ombudsman maktabi” doirasida aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi
06 Noy
Joriy yilning oktabr oyida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari tomonidan mamlakatimizning bir qator hududlarida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” platformasi doirasida ochiq muloqotlar davom ettirildi.
Xovosda
06 Noy
2026-yil 6-noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Xovos tumanidagi “Istiqlol”, “Do‘stlik”, “Tinchlik”, “Qayirma”, “Qahramon” va “Mustaqillik” mahallalaridan 70 nafar fuqaro qamrab olindi.
“Ombudsman soati” tadbirida 8 mingga yaqin o‘quvchi qamrab olindi
05 Noy
Joriy yilning 30 oktabrida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi hamda Yoshlar ishlari agentligi Samarqand shahar boʻlimi va Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida “Ombudsman soati” platformasi doirasida “Inson huquqlari madaniyati va yoshlar tashabbusi” mavzusida onlayn konferensiya tashkil etildi.
Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi huquqiy xabardorligi oshirilmoqda
29 Okt
O‘quvchilarga o‘z huquq va majburiyatlarini o‘rgatish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularga rioya etishning ahamiyati haqida bilim berish hamda ushbu bilimlarni kundalik hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Navoiy viloyatida odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari muhokama qilindi
26 Okt
2026-yil 26-oktabr kuni Navoiy viloyatida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaning 2026-yilning 9 oyi davomidagi faoliyati yakunlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Tailand ombudsmanlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
22 Okt
Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Tailand Qirolligining Bosh ombudsmani o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.