2022 yilning 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuxrat Djurayev tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti, beshinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazida, Navoiy viloyatidagi 4,5,11,12,36 jazoni ijro etish muassasalarining 248 nafar xodimlari ishtirokida gibrid shakldagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.