Unda tumandagi “Mustaqillikning 27 yilligi”, “Xidirsha” hamda “Mustaqillikning 30 yilligi” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi vakillari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida 10 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Murojaatlar asosan ijtimoiy himoya, uy-joy, sud-huquq va boshqa masalalarga oid bo‘ldi.
Fuqarolarga murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar tegishli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati






