Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Buxorodagi Tergov hibsxonasiga oid xabarlar Ombudsman tomonidan o‘rganildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi 4-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxsga nisbatan qiynoq qo‘llanilayotgani va undan majburiy ko‘rsatma olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olindi.

Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan shaxs bilan holi tarzda suhbat o‘tkazildi, uning saqlanish sharoitlari, murojaatda keltirilgan vajlar, shuningdek, tanasida tan jarohatlari alomatlari mavjud yoki mavjud emasligi holati o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan 4-son Tergov hibsxonasining ayrim xodimlariga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan. Shuningdek, murojaatda ko‘rsatilgan shaxsga nisbatan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

O‘rganish davomida to‘plangan hujjatlar Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida protsessual tartibda ko‘rib chiqish uchun Buxoro viloyati prokuraturasiga taqdim etildi.

Ombudsman mazkur holat yuzasidan o‘rganish natijalarini vakolati doirasida nazorat qilib boradi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati