Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026 yil 26 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda fuqarolar pensiya, ijtimoiy yordam olish, sud-huquq, mulkiy munosabatlarga oid hamda boshqa murojaatlarini qoldirishdi. Ularning keltirgan vajlari va taqdim etgan hujjatlari asosida tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiluvchi murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Ombudsmanga ombudsman.uz rasmiy sayti hamda “Ombudsman.uz” mobil ilovasi orqali elektron shaklda murojaat yuborishlari mumkin. Shuningdek, fuqarolar hududlarda Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega. Mintaqaviy vakillarning F.I.O., qabul manzillari, telefon raqamlari va qabul kunlari haqidagi maʼlumotlar ombudsman.uz saytining “Mintaqaviy vakillar” bo‘limida joylashtirilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati