Qabul davomida qariyb 20 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Ularda asosan mehnat munosabatlari, pensiya taʼminoti, turar joy hamda mulk huquqi, mansabdor shaxslar harakatidan norozilik, shuningdek tergov jarayonlari bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Shuningdek, qamoqda saqlanayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari tomonidan kelib tushgan murojaatlar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga tayangan holda huquqiy tushuntirish va izohlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan ayrim masalalar Ombudsman nazoratiga olinib, joyiga chiqqan holda o‘rganish uchun tegishli mintaqaviy vakillarga yuborildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






