Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiy viloyatidagi qator yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi, murojaatlar qabul qilindi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Tashriflar doirasida Navoiy shahar IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi, 5- va 11-sonli jazoni ijro etish koloniyalari, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy amaliy tibbiyot markazining Narkologiya hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya, shuningdek Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy amaliy tibbiyot markazining Narkologiya xizmatlari bo‘yicha Navoiy viloyati filiallarining mast holdagi fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish va reabilitatsiya qilish markazi, Mamuriy qamoqqa olingan shahslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan mahsus qabulxonadagi sharoitlar o‘rganildi.

Monitoring tashriflari chog‘ida yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yashash sharoiti, oziq-ovqat taʼminoti, tibbiy xizmat ko‘rsatish, mehnatga jalb etish, uzoq va qisqa muddatli uchrashuvlar uchun mo‘ljallangan xonalar o‘rganildi. Shuningdek, kameralar va binolarning sanitariya holati, videokuzatuv tizimlari hamda “Ombudsman qutilari” ko‘zdan kechirildi.

Navoiy shahridagi IIB vaqtincha saqlash hibsxonasida o‘tkazilgan monitoringda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash hamda ular uchun yaratilgan sharoitlar bo‘yicha qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, axborot bilan taʼminlash, maishiy sharoitlar, murojaatlarni qayd etish hamda sayrga olib chiqish tartibini tashkil etishga doir talablar to‘liq taʼminlanmagani qayd etildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tegishli idoraga Ombudsman taqdimnomasi kiritildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Narkologiya va Psixiatriya xizmatlari bo‘yicha Navoiy viloyati filiallarida o‘tkazilgan o‘rganishda statsionarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilgani, dori-darmonlar bilan taʼminlangani hamda bemorlar uchun zarur sharoitlar yaratilgani aniqlandi.

Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonada nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoit yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ushbu monitoring tashriflari davomida “Ombudsman quti”laridagi murojaatlar o‘rganish uchun olib ketildi. 5- va 11-sonli jazoni ijro etish koloniyalarida mahkumlar bilan jamoaviy uchrashuvlar o‘tkazilib, holi tarzda qabul so‘ragan mahkumlar murojaatlari qabul qilindi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati