Tibbiy ko‘rikka nevropatolog, terapevt, psixiatr, akusher-ginekolog, kardiolog hamda stomatolog mutaxassislari jalb etildi. Unda jami 96 nafar shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ko‘rik natijalariga ko‘ra, mahkum va mahbuslar orasida o‘tkir yoki yuqumli kasalliklar aniqlanmadi. Shu bilan birga, mutaxassislar tomonidan har bir shaxsga sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda mavjud kasalliklarning oldini olish bo‘yicha individual tavsiyalar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






