Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Farg‘onada fuqarolar murojaati ishchi guruh tuzilgan holda ijobiy hal etildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Farg‘ona viloyati Rishton tumani, Yangiyo‘l mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi bir guruh fuqarolar tomonidan jamoaviy murojaat kelib tushdi.

Murojaatda mazkur hududda yashovchi bolalar maktabga qatnash uchun Toshkent–Farg‘ona magistral yo‘li orqali yurishga majbur bo‘layotgani, ushbu yo‘lda piyodalar uchun maxsus yo‘lak mavjud emasligi qayd etilgan. Shu sababli fuqarolar hududda joylashgan Farg‘ona viloyati 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasining o‘ralgan chekka devor qismidan mahalla bolalari uchun xavfsiz o‘tish yo‘lini ochishda amaliy yordam so‘raganlar.

Murojaat Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda Rishton tumani hokimligi bilan hamkorlikda joyiga chiqib o‘rganildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, holat atroflicha tahlil qilindi.

Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakilining Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini viloyat, shahar va tuman deputatlari hamda Senat aʼzolari, davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar shakllantirilgan xolda joylarga chiqib o‘rganish hamda xal etish choralarini ko‘rish ko‘zda tutilgan. 

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mahalla hududidan maktab binosigacha bo‘lgan 720 metr masofada yangi yo‘l qurish ishlari boshlandi. Loyihani amalga oshirish uchun tumanning tegishli idora va qurilish tashkilotlari jalb etildi.

Hozirda yo‘lni tekislash ishlari olib borilmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati