Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Mahkumning shifoxonaga olib chiqilgani yuzasidan rasmiy munosabat
2025 yilning 26 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda 11-son JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan mahkum S.Sh.ning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli kasalxonaga olib kelingani va oila aʼzolarini ichkariga kiritilmayotgani, mahkumga tan jarohati yetkazilgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Xabarlarda bloger tomonidan ushbu holat yuzasidan Ombudsmanga murojaat qilingani, lekin hech qanday chora ko‘rilmagani iddao qilingan.

Maʼlum qilamizki, mazkur holat yuzasidan Ombudsmanga hech qanday murojaat kelib tushmagan.

Ishga oid maʼlumotlar o‘rganilganda, mahkum sog‘lig‘i yomonlashgani sababli shu yilning 23 noyabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM) Navoiy viloyat filialiga koloniya masʼul xodimlari kuzatuvi ostida olib kelingan. Sog‘lig‘i yomonligi sababli mahkumning oila aʼzolariga ham xabar berilgan.

Unga ikki tomonlama bronxopnevmoniya og‘ir kechishi. Hamroh yurak ishemik kasalligi stabil zo‘riqish stenokardiyasi, FS2 gipertoniya kasalligi 3, Ag0, xavf 4 yondosh tashxisi qo‘yilgan.

Mahkumni jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallikka chalinganligi sababli 11-son JIEKning mahkumni kasalligi oqibatida ozod qilish haqidagi taqdimnomasiga asosan joriy yilning 26 noyabr kuni JIB Navoiy shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 75-moddasi 1-qismiga asosan ozod etilganligi to‘g‘risida ajrim chiqarildi.

2025 yilning 27 noyabr kuni sobiq mahkum S.Sh.ning ukasi Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakiliga murojaat qildi. Murojaatchi bloger xabarida noto‘g‘ri maʼlumot aytilgani bo‘yicha uzr so‘radi. Mintaqaviy vakil shu kunning o‘zida shifoxonaga borib, fuqarodan xabar oldi va vaziyatni o‘rgandi.

Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, videomurojaat yuzasidan Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati