Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida murojaatlar tahlili asosida “Ombudsman maktabi” o‘tkazildi
2025 yil 1 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida “Ombudsman maktabi” tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbir Ombudsmanga mazkur hududdan kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida tashkil etildi. Unga aholi tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy himoya, pensiya va nafaqalar tayinlash, uy-joy masalalari bo‘yicha tegishli tashkilot vakillari jalb etildi.

Ochiq muloqotda viloyatdagi “Isfaxon” mahallasida joylashgan Madaniyat markazida o‘tkazilgan tadbirda “Tarasmon”, “Kattaqurama”, “Xujran”, “Xamid Olimjon”, “Bekobod”, “Birlashgan”, “Zarbdor”, “Majnuntol”, “Isfaxon”, “Istiqlol”, “Ibrat”, “Yettikon”, “Shirinbuloq”, “Yortepa”, “Qo‘ymozor”, “Dukat”, “Turkiston”, “Axsi”, “Chustko‘prik”, “Sharq” kabi 20 dan ortiq mahallalarda yashovchi 180 nafar fuqaro qamrab olindi.

Ochiq muloqotda Ombudsmanning o‘rinbosari, Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili, Ombudsman Devoni xodimlari ishtirok etishdi. Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida sayyor qabul tashkil etildi. Unda fuqarolar tegishli idoralar vakillari bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lib, o‘z muammolari yuzasidan joyida amaliy yordam oldilar. Qator murojaatlarni o‘sha kuniyoq hal etish choralari ko‘rildi, boshqalari esa nazoratga olindi.

“Ombudsman maktabi” tadbirlari  fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish, murojaatlarga munosabatda davlat idoralarining masʼuliyatini yana-da mustahkamlash va chekka hududlardagi aholining huquqiy muammolariga yechim topishga qaratilgan.

 

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati