Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman o‘rinbosari tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2025-yil 15-may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimanov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolarning onlayn firibgarlik, ishga tiklash, sud qarorlaridan norozilik, mahkumlarning huquqlari, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash, shuningdek, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini buzilishi kabi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Ushbu murojaatlarning ba’zilariga qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Ombudsman vakolati doirasiga kiruvchi masalalar esa nazoratga olinib, o‘rganish ishlari boshlab yuborildi.

Fuqarolar muammolarini har tomonlama o‘rganish zarur bo‘lgan holatlarda tegishli sohalar mutaxassislari hamda davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul vakillari jalb qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga www.ombudsman.uz rasmiy sayti, “Ombudsman.uz” mobil ilovasi orqali elektron shaklda, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsman idorasiga, mintaqaviy vakillarga shaxsan murojaat qilish yoki 1096 ishonch telefoni orqali og‘zaki murojaat yo‘llash imkoniyatiga egalar. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati