Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“BITTA KAMERADA 9 ta ODAM YOTIBMIZ. 6 ta ODAM TEPADA 3 tasi POLDA.” xabari bo‘yicha Ombudsman munosabati
Joriy yilning 14 may kuni “abdumalikovich_uzb” telegram-kanalida Jazoni ijro etish departamentining Toshkent viloyatida joylashgan Markaziy tergov hibsxonasida belgilangan meʼyordan ortiq shaxs saqlanayotgani haqida xabar eʼlon qilindi.

Mazkur masala avval ham Ombudsman tomonidan o‘rganilib, natijasi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi va boshqa masʼul idoralarga tegishli xulosa kiritilgan hamda bu borada jamoatchilikka xabar berilgan

15-may kuni amalga oshirilayotgan qurilish ishlarni yana bir bor ko‘rish hamda muassasadagi sharoitlarni monitoring qilish maqsadida, Ombudsman Kotibiyati xodimlari tomonidan monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Qayd etish lozimki, hibsxona hududida qo‘shimcha joylashtirish imkonini yaratish maqsadida 6 qavatdan iborat yangi bino qurilishi boshlangan bo‘lib, hozirda qurilishning so‘nggi bosqichi — oltinchi qavat qurilishi amalga oshirilmoqda. Yakunlanayotgan qurilish ishlari mahbuslar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash va saqlanayotgan shaxslarning yashash maydoni bo‘yicha belgilangan normaga rioya qilish imkonini beradi.

Monitoring davomida mahbuslar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoiti, ovqatlanish, tibbiy yordam bilan taʼminlanishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatlari ham atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, uchrashuvga kelgan advokatlar bilan suhbatlashildi.

Shu bilan birga, yangi bino qurilishini tezlashtirish, mavjud muammoni yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Ombudsman yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning huquq va manfaatlarini taʼminlash maqsadida tizimli tarzda o‘rganishlarni davom ettiradi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati