Ma’lum bo‘lishicha, mahbus O.Sh. Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan ayblanib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va 2025-yil 26-apreldan Jizzax shahar IIB VSHda saqlanmoqda.
Mahbus O.Sh.ning qorin bo‘shlig‘ida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, surunkali buyrak yetishmovchiligi 2-darajasi tashxisi qo‘yilganligi bois hamda tibbiy xulosalarga asosan 2025-yil 30-aprel kuni soat 16-20da Sharof Rashidov tuman tibbiyot birlashmasi maxsus palatasiga stasionar tartibda yotib davolanish uchun chiqarildi.
Ombudsman tomonidan o‘tkazib kelinayotgan monitoringlarda mahkumlarning sog‘liqni saqlashga oid qonuniy huquqlariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati