Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘ta xavfli residivistni tergov hibsxonasiga tez-tez chaqirilayotgani haqidagi xabar Ombudsman tomonidan o‘rganilmoqda
Joriy yilning 29-iyul kuni generalissimus_uzb telegram kanalida “JIEM va tergov hibsxonalarini prokuratura nazorat qilmay qo‘ydimi yoxud o‘ta xavfli residivist JIEMdan IIV Markaziy tergov hibsxonasiga nega tez-tez chaqirilmoqda” nomli xabar e’lon qilindi. Unda 2010-yilda ozodlikdan mahrum qilingan o‘ta xavfli residivistni 2023-2024 yillarda har oy tergov hibsxonasiga chaqirtirilgani qayd etilgan va holat Ombudsman tomonidan o‘rganilishi so‘ralgan.

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)tomonidan nazoratga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga nazorat xati yuborildi.

Holat yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha axborot beriladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati