Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiyning Xatirchi tumanidan yuborilgan murojaatlar tahliliga asosan fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi
Navoiyda fuqarolarni mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlardan, ijtimoiy sohada aholiga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbirlari o‘tkazildi. Ularda Xatirchi tumanidagi “Tamabaxrin”, “Aqovli” “Bog‘chakalon” va “Istiqlol” mahalla aholisi ishtirok etdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan masʼul idora vakillari ishtirokchilarni fuqarolar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, mehnat huquqlarini himoya qilish, imtiyozli kreditlar olish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar, ularning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini kuchaytirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bepul yuridik yordam olish bo‘yicha qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirishdi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirlarda ushbu hududdan Ombudsmanga yuborilgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Aholi tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.

Shundan so‘ng, Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakilining sayyor qabuli o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlari nazoratga olindi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati