Suhbat davomida mehmon Ombudsman faoliyati bilan tanishtirildi. Muloqot davomida Ombudsmanning fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalariga to‘xtalindi.
Uchrashuvda mehmon Keneshbek Saynazarov ham 50 dan ortiq davlatlarda filialiga ega bo‘lgan Umumiy manfaatlarni izlash Xalqaro notijorat assosiatsiyasi faoliyati bilan tanishtirdi va hamkorlikdagi loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati