Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
«Ombudsman maktabi” loyihasi Qoraqalpog‘istonda
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sho‘manay tumanida tashkil etildi. Tadbirda “Qarabayli”, “Birleshik” va “Madaniyat” MFY larida yashovchi 60 nafardan ko‘proq aholi va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan mazkur tadbirda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish borasida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda aholini manzilli ijtimoiy muhofaza qilish yuzasidan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Jenisbay Shlimbetovning fuqarolar qabuli ham tashkil etildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati