Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavr tinglovchilari uchun 2 kunlik master klass o‘tkazildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofa qilish akademiyasi yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlikda ishlaydi. Ushbu akademiyaning magistratura va bakalavr tinglovchilari bir necha marotaba Ombudsman ofisiga tashrif buyurib, Vakil faoliyati bilan yaqindan tanishishgan.

Bundan tashqari, Ombudsman Kotibiyatining malakali xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasida muntazam ravishda mahorat darslarini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.

Joriy yilning 17-18 aprel kunlari yurist kadrlarning huquqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mahorat darslari tashkil etilib, unda Ombudsmanning murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Azizbek Yuldashev hamda Ombudsmanning Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sektor mudiri Jasur Islamov ishtirok etishdi. 

“Inson huquqlarini himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning roli va ahamiyati” mavzusida tashkil etilgan tadbirda bakalavr tinglovchilari Ombudsmanning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik haqida tanishtirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati