Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
TDYUU talabalari uchun navbatdagi master-klass: Ombudsmanga yuboriladigan murojaatlar qay tartibda ko‘rib chiqiladi? Mahkumlar huquqlari qanday himoya qilinadi?
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Toshkent davlat yuridik universiteti yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 2021 yildan buyon hamkorlikda ishlaydi. Shu yili imzolangan memorandum doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qoshida “Ombudsman klubi” ham tashkil etilgan.

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi tamoyili asosida universitet talabalari va magistrantlari darsdan so‘ng Ombudsman instituti mutaxassislariga biriktirilgan holda murojaatlar bilan ishlash, qabullarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda o‘z ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin.

Bundan tashqari, Ombudsman Kotibiyatining malakali xodimlari tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetida mahorat darslari ham muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Yurist kadrlarning huquqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi mahorat darslari Ombudsman bosh maslahatchisi Azizbek Yuldashev ishtirok etdi. Amaliyotchi ekspertlar bilan o‘tkaziladigan shu kabi ochiq muloqotlar talabalarning inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimiga oid yangi bilimlarni egallash va ulardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishlariga xizmat qiladi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati