Qolaversa, Davlat rahbarining 2021 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida aholi orasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik normalarini targ‘ib qilish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Shu nuqtai nazardan respublika bo‘ylab aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.
2023 yil 21 iyun kuni “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Navbahor tumanida aholi bandligini taʼminlash aholini ijtimoiy himoya qilish yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ularning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash borasidagi islohotlarga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
“Ombudsman maktabi” loyihasini amalga oshirishdan maqsad –aholini mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi tub o‘zgarishlar to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishdan iborat. Sababi fuqarolar o‘z huquqlarini yaxshi bilmas ekanlar, ularni talab qila olmaydilar. Natijada qonun buzilish yoki uni chetlab o‘tish holatlari ko‘payishi mumkin.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati