Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
2022 yilda Ombudsman tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan ta’sir choralari 33,8 foizga oshgan
Bugun, 4-aprel kuni Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda navbatdagi yalpi majlis kun tartibi doirasida ko'rib chiqilishi nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman) 2022-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti va bir qator qonunlar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan hisobot davri mobaynida 10 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilganligi qayd etildi.

Xususan, Ombudsman tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga 142 ta ta’sir choralari, shu jumladan, 25 ta taqdimnoma, 39 ta xulosa hamda sudlarga 78 ta da’vo arizalari kiritilgan.

2022-yilda fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan ta’sir choralari 2021-yilga nisbatan 33,8 foizga, 2020-yilga nisbatan esa 3,5 barobarga oshgan.

Majlisda Ombudsman nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar hisobot davrida 17 761 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 977 taga yoki
5,2 foizga kamayganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, 2022-yilda Ombudsman tomonidan parlament nazorati subyekti sifatida 3 974 ta murojaat nazoratga olinib, ularning 1096 tasi ijobiy hal qilingan.

Bundan tashqari, Senat navbatdagi yalpi majlisda muhokama qilishni rejalashtirgan qonunlar ham dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Majlis so‘nggida Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

senat.uz