Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Buxoro sudida 39 nafar ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi
Nukus voqealari bo‘yicha  sudlanuvchilar Alimbay Mirzambetov, Muratbay Pirlepesov, Alysher Sharapov, Ongarbay Mamutov, Timurbek Ismailov, Rasul Sultaniyazov, Yesimqan Qanaatov, Abdimalik Xojanazarov, Abzal Naurizbayev, Nurmuxammed Genjebayev, Amantay Seytmuratovlarga prokuror ozodlikdan mahrum kilish jazosi tayinlashni so‘ragan bo‘lsada, sud Mustaqil komissiyaning iltimosnomasini inobatga olib ularga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, ularga tanlangan qamoqqa olish ehtiyot chorasi bekor kilinib, sud zalidan ozodlikka chiqarildi.

1979 yilda tug‘ilgan Alimbay Mirzambetov 2 iyul kuni Chimboy tumanida to‘plangan odamlarga ovoz kuchaytirish moslamalari orqali D.Tajimuratov lider ekanligi, uni ozod qilish va Qoraqalpog‘istonga bosh etish lozimligini maʼlum qilib, ommaviy tartibsizliklarga daʼvat etgan edi.

1978 yilda tug‘ilgan Muratbay Pirlepesov 2 iyul kunida Qonliko‘l tumanida “Kanteks” korxonasi faoliyatini to‘xtatib, ishchilarni ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etishga majbur qilgan.

1989 yilda tug‘ilgan Alysher Sharapov 1-2 iyul kunlari Qorao‘zak tumanidan odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, o‘zi ham faol ishtirok etgan.

1966 yilda tug‘ilgan Ongarbay Mamutov 2 iyul kuni Shumanay tumanida ommaviy tartibsizliklarda yetakchilik qilgan.

1997 yil tug‘ilgan Timurbek Ismailov 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda odamlarni Jo‘qorg‘i Kenges va Nukus xalqaro aeroportini bosib olishga daʼvat qilib, tartibsizliklarda faol ishtirok etgan. 

1990 yilda tug‘ilgan Rasul Sultaniyazov 1-2 iyul kunlari odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, faol ishtirok etgan.

1981 yilda tug‘ilgan Yesimqan Qanaatov separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan maqolalarni tayyorlab, ularni chop etgan, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan.

1974 yilda tug‘ilgan Abdimalik Xojanazarov “Yel xizmetinde” gazetasi bosh muharriri bo‘lib, separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan maqolalar chop etgan hamda D.Tajimuratovning topshirig‘iga asosan fuqarolardan konstitutsiyaga kiritilishi ko‘zda tutilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha takliflarni yig‘ib, axborot berib borgan hamda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan.

1976 yilda tug‘ilgan Amantay Seytmuratov 1 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etib, D.Tajimuratovni qo‘llab-quvvatlab, Jo‘qorg‘i Kenges raisi avtomashinasi ustida agressiv harakatlar sodir etgan.

1996 yilda tug‘ilgan Abzal Naurizbayev 2 iyul kuni Nukus shahridagi Beruniy va A.Dosnazarov ko‘chalari chorrahasida ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish uchun safarbar qilingan huquqni muhofaza qilish organlari avtomashinalarini harakatlanishiga to‘sqinlik qilish maqsadida avtoshina yoqib, yo‘llarni to‘sgan.

2004 yilda tug‘ilgan Nurmuxammed Genjebayev 2 iyul kuni Qonliko‘l tumanida ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etib, avtoshina yoqib, tuman hokimligi binosiga uloqtirgan.

Ularga sud tomonidan  5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ozodlikni cheklash jazosiga hukm etilganlarning dastlabki qamoqda o‘tirgan kunlari Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) ga asosan tayinlangan jazodan chegirilishi belgilandi va ular sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati